O‘zbekistonda pensiya ta’minoti qamrovi yuqori norasmiy bandlik tufayli atigi 38 foizni tashkil etadi. Boshqa davlatlarga nisbatan pensiya badallari yuqori darajada (12−25 foiz), to‘lovlar esa o‘rtacha darajada. Strategik islohotlar agentligi mamlakatning pensiya tizimini takomillashtirish yo‘lini o‘rgandi.
Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi.
Davlat organlari turli sohalar bo‘yicha 50 dan ortiq xorijiy konsultantlarni jalb qilgan. Tahlilga ko‘ra, odatda ular uchun KPI belgilanmaydi, tizimli tahlil, tavsiyalarni amalga oshirish tartibi va ochiq hisobot mavjud emas. Prezidentning yangi qarori mana shu muammolarni hal etishga qaratilgan.
Toshkentda velosiped va mototransport vositalarini ommalashtirish maqsadida xavfsiz va qulay yo‘l hamda yo‘laklar qurish, ular uchun alohida svetoforlar, belgilar va yoritish moslamalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Mototransportlarni xarid qilish uchun narxining 25 foizigacha subsidiyalar berilishi ham mumkin.
Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafayev lavozimidan ozod etildi. Agentlik qayta tashkil etilmoqda: uning rahbari bir vaqtda PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari ham bo‘ladi, shtatlar va o‘rinbosarlar soni qisqaradi.
Mart oyida Strategik islohotlar agentligi 2023−2025-yillarda isloh qilish va ish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona aksiyalarini o‘z balansiga olgan edi. Ushbu kompaniyalar va yana 9 ta bankdagi ulushlar Iqtisodiyot va Moliya vazirligi boshqaruviga qaytarildi.
Prezident 2023−2025 yillarda isloh qilish va operatsion samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida NKMK, OKMK, «O‘zbekko‘mir» va «O‘zbekneftgaz» bor. Davlat ulushlari Strategik islohotlar agentligiga, boshqaruv esa UzAssets`ga topshiriladi.
Taniqli iqtisodchi olim Abdulla Abduqodirov prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, Akbar Musayev va Rustamxon Azizov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.
Hukumat qarori bilan Strategik rivojlanish agentligi rahbarining barcha o‘rinbosarlari, xususan, Rustamxon Azizov, Aziz Gafurov va Aleksey Sim o‘z lavozimidan ozod etildi. Ushbu agentlik sentabr oyida prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi sifatida qayta tashkil etilgan edi.
Strategik rivojlanish agentligi negizida prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi. Agentlik alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish takliflarini ishlab chiqadi va uning bajarilishini nazorat qiladi. Uning bosh direktori va o‘rinbosarlari prezident tomonidan tayinlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting